Skip to content

Sizning yorqin karyera sayohatingiz Shu Yerdan Boshlanadi!

Biz haqimizda

ZOOD – bu Pokiston, Iroq, O‘zbekiston va Livandagi 300 milliondan ortiq jismoniy shaxslar, shuningdek kichik va o‘rta biznes (KO‘B) vakillariga innovatsion va hamyonbop moliyaviy yechimlarni taqdim etish orqali moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi raqamli moliyalashtirish platformasi. Bosh ofisi Shveytsariyada joylashgan ZOOD tez o‘sayotgan va rivojlanayotgan moliyaviy-texnologik bozorlaridagi 10 milliondan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan 10 ta vakolatxonaga ega. OrientSwiss brendi sifatida kompaniya o‘z faoliyatining asosi bo‘lgan moliyalashtirish orqali moliyaviy texnologiyalar (ZoodPay), elektron tijorat ZoodPay , ZoodMall va elektron logistika ZoodShip, xizmatlarini o‘z ichiga olgan yaxlit ekotizimni taqdim etadi.

Bizning madaniyatimiz

ZOOD – bu 14 mamlakatdan 500 nafar ekspertlarga ega noyob jamoa! Umumiy maqsad, yuqori darajadagi ishonch va hamkorlik bilan o‘zaro birlashgan holda, biz o‘sish va rivojlanishga yordam beradigan muhitlarda birgalikda ishlaymiz. Bizning qisqa vaqt ichida erishgan ajoyib yutuqlarimiz jamoamizning diqqat-e'tibori va g‘ayrati ifodasidir. ZOODda biz shuningdek shaxsning kuchiga ham ishonamiz. Jamoamizning haqiqiy kuchi har bir xodimning o‘ziga xos hissasida ekanligini tan olamiz va biz xilma-xillikni qamrab oladigan va qo‘llaydigan madaniyatni faol rivojlantirmoqdamiz.

To‘g‘ri ish yuriting



Halollik bizning jamoamiz va ishimizning asosidir. Biz har doim to‘g‘ri yondashuv asosida faoliyat yuritamiz, halollik va hurmat bilan ish tutamiz. Biz tezlik bilan harakat qilamiz va vazifalarni bajaramiz, va shu bilan birgalikga to‘g‘ri bajarganimizni tekshiramiz va ishonch hosil qilamiz!

O‘rganing va rivojlaning



Biz doimo o‘sib boramiz, o‘rganamiz va rivojlanamiz, yaxshilanishga intilamiz. Biz xato qilishdan qo‘rqmaymiz va qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun birgalikda ishlaymiz.

Katta orzular qiling



Biz katta orzular qilamiz va sizning orzularingizga ham ishonamiz. Rol va lavozimlar biz bilan erisha oladigan narsalaringiz uchun to'siq emas. Biz sizga yetakchi va innovator bo‘lish imkoniyatini taqdim qilamiz. Siz qilishingiz kerak bo‘lgan narsa - bu biz kabi samimiy orzu qilish!

Baxt ulashing



Biz baxt ulashamiz hamda mijozlarimiz va hamkorlarimizni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Bizni harakatlantiruvchi kuch esa jamoamiz a'zolarining motivatsiyasi, baxti va ijobiy ruhidir.

ZOOD tayanch elementlari

Bizning maqsadimiz iqtisodiy foyda bilan chegaralanib qolmaydi: biz insonlar gullab-yashnashi, o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi va mazmunli hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan jamiyat qurishga intilamiz. Shunday qilib, bizning poydevorimiz uchta asosiy elementga tayanadi: mijozlar, hamkorlar va jamoamiz a'zolari. Biz muvaffaqiyatimiz uchun mijozlarimizni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz muhim, sheriklarimiz bilan hamkorlik qilish bizning o‘sishimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va xodimlarimizga sarmoya kiritish esa bizning barqarorligimizning kaliti deb hisoblaymiz.

1. Mijozlar



Har bir mijoz biz uchun qadrlidir, shuning uchun biz har bir mijozning onlayn xaridlari foydali va qulay bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilamiz. Mijozlar ehtiyojini qondirish bizning muvaffaqiyatimiz uchun juda muhimdir, chunki mamnun mijozlar sodiq mijozlarga aylanib, nafaqat kelajakdagi xaridlar uchun qaytishadi, balki ijobiy fikr-mulohazalarni ham tarqatadilar. Bu esa mijozlar oqimi, rivojlanish va foydaning oshishiga olib keladi.

2. Hamkorlar



Hamkorlik munosabatlari muvaffaqiyatimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u kompaniyaga taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar tanlovini kengaytirish, samaradorlikni oshirish va yangi bozorlarga kirish imkonini beradi. Kuchli va o‘zaro manfaatli hamkorlik bizga maqsadlarimizga erishishda, raqobatbardoshlik darajasini oshirishda va mijozlarga noyob foydalanish tajribasini taqdim etishimizda yordam beradi.

3. Jamoamiz a'zolari



ZOODda biz doimo o‘z sohamizda eng zo‘ri bo‘lishga intilamiz. Biz xodimlarimizga sarmoya kiritayotganimizga ishonamiz va ularga o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beramiz. Biz o‘rganish, o‘sish va hamkorlik madaniyatini rag‘batlantiramiz, shuningdek bizning qarashlarimizga mos g'ayratli va iste'dodli insonlar uchun yorqin karyera imkoniyatlarini taklif etamiz.

ZOOD-dagi ish hayoti

Bizning qiziqarli videomizni bu yerda ko‘ring:

ZOOD-dagi ish hayoti

Bizning qiziqarli videomizni bu yerda ko‘ring:

ZOOD matbuot va OAVda

https://www.zood.biz/press-media

Nega Aynan ZOOD?

ZOODda biz doimo o‘z sohamizda eng zo‘ri bo‘lishga intilamiz. Biz xodimlarimizga sarmoya kiritayotganimizga ishonamiz va ularga o‘z salohiyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beramiz. Biz o‘rganish, o‘sish va hamkorlik madaniyatini rag‘batlantiramiz, shuningdek bizning qarashlarimizga mos g'ayratli va iste'dodli insonlar uchun yorqin karyera imkoniyatlarini taklif etamiz.

Biz har bir inson o‘zining qadrlanishini, hurmat qilinishini va qo‘llab-quvvatlanishini his qiladigan xilma-xillik va hamma narsani qamrab oluvchi ish muhitini yaratishga intilamiz. Biz erkin muloqot madaniyatini rivojlantirishga, ijobiy fikr bildirishga va doimiy ravishda takomillashishga ishonamiz.

 ZOODni bo‘lajak ish beruvchingiz sifatida ko‘rganingiz uchun tashakkur. Biz siz bilan uchrashishni va mahoratingiz, tajribangiz va ishtiyoqingiz haqida bilishni intiqlik bilan kutamiz!

Bizning jamoamizga qo‘shilish – bu moslashuvchanlik, ishonch va mazmunli tanlov qilishdir.



Bizning bo‘sh ish o‘rinlarimiz bilan tanishib chiqing va ariza qoldiring:

Filtrlar

3 ish o‘rinlari

Oʻzbekiston
3

Deputy Chief Business Development Officer (Deputy CBDO)
Joyda
  • Tashkent, Toshkent, Oʻzbekiston
Business Development
Head of Operations (Fargo)
Joyda
  • Tashkent, Toshkent, Oʻzbekiston
Operations
Marketing Director
Joyda
  • Tashkent, Toshkent, Oʻzbekiston
Marketing